IMPALA da ta’lim olish orqali siz - O’z motivatsiyangizni oshirasiz, yangi dos'tlarga ega bo’lasiz va eng muhimi o'z orzuingizni ro'yobga chiqarasiz.

Keng imkoniyatlar

chance picture

Tezkor natija

chance picture

Erkin so'zlashuv

chance picture

Qo'shimcha imkoniyatlar

Har hafta tashkil etiladigan so’zlashuv klubida o’quvchilar o’z til ko’nikmalarini mustahkamlash bilan birga, yangi do’stlar orttirishadi, omma oldida so’zlashuv, yetakchilik kabi qobiliyatlarini rivojlantirishadi. 

Bu klubda o’quvchilar turli mavzulardagi asarlarni inglizcha o’qib, birga muhokama qilishadi va shu tariqa nafaqat so’z boyliklarini oshirishadi, balki tahliliy fikrlash salohiyatlarini ham sayqallab borishadi.

Samarali o’qish uchun madaniy hordiq ham muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun har oyning 4-shanba kuni markazimizda kino klub tashkil etilgan. Qatnashchilar o’zlarining sevimli filmlarini katta ekranlarda ingliz tilida ko’rib ham dam olishadi, ham ingliz tili bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashishadi.

Bizning afzalliklarimiz

Bizning dasturlarimiz, maktabgacha ta'limdan - universitetgacha, har bir yoshdagi o'quvchilarga, ingliz tilini mukammal darajada o'rganishda yaqindan yordam beradi.

  • Ta’limda innovatsion yondashuv

  • Zamonaviy o’quv xonalari

  • Kichik guruhlar

  • Korporativ kurslar

  • Shaxsiy rivojlanish va so'zlashuv klublari

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo'ling:

O'zingizga munosib o’quv kursini tanlang!

Bizda barcha yoshdagi ingliz tilini mukammal o'rganishni va unda erkin so'zlashishni xoxlovchilar uchun o’quv kurslari mavjud.

0-4 Sinf

80.000 so’m

/ Oyiga

Maktabgacha yoshdagi (4-6 yosh) va boshlang’ich sinf (1-4sinf) o’quvchilari uchun mo’ljallangan ushbu kurslarda, mashg’ulotlar interaktiv usullarda o’tkazilib, e’tibor asosan o’quvchining ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini orttirishga qaratilgan. Shuning uchun darslarda turli o’yinlar , video va audio materiallar keng qo’llaniladi.

5-8 Sinf

100.000 so’m

/ Oyiga

O’rta maktab yoshidagi o’quvchilarga mo’ljallargan bu guruh kurslarida, til o’rganuvchilarining dunyoqarashlarini kengaytirishga alohida e’tibor beriladi. O’z yoshlariga munosib mareriallar bilan boyitilgan o’quv dasturlari, ularning ingliz tilini zavq bilan o’rganishlariga yordam beradi. 

9-Sinf va undan yuqori

150.000 so’m

/ Oyiga

Ushbu guruhdagi til o’rganuvchilar guruhiga umumiy ingliz tili kursidan tashqari quyidagi kurslar ham taklif etiladi:

  • IELTS
  • Xorijiy oliy o’quv yurtlari, jumladan respublikamizdagi INHA, WESTMINISTER, SiNGAPUR, TURIN kabi o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo’ljallangan. Professional IELTS instruktorlar tomonidan olib boriladigan mashg’ulotlar, o’quvchining qisqa muddat ichida yuqori natija olishiga yordam beradi.

  • CEFR
  • Ushbu kurs turli oliygohlarga kiruvchi abuturientlar hamda oylik ustama imtixoniga tayyorlanuvchi ingliz tili o’qituvchilariga mo’ljallangan bo’lib, kursni muvaffaqqiyatli bitirgan o’quvchilar quyidagilarga ega bo’lishadi:
    - Rasmiy xat va insho yozish
    - Og’zaki nutqlarini rivojlantirish
    - CEFR (B1-C1) imtixonidan muvafaqqiyatli o’tish

  • GRAMMATIKA
  • Oliy o’quv yurtlariga tayyorlanuvchilar uchun mo’ljallangan ushbu kursda, abiturientlarning testlardan muvaffaqqiatli o’tishlari uchun darslarda nafaqat grammatika, balki matnlar bilan ishlash va o’quvchilarning so’z boyliklarini orttirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Doimiy ravishda tashkil etiladigan namunaviy testlar abiturientlarning davlat testiga muvaffaqqiyatli o’tishiga yordam beradi.

Biz bilan aloqa:

  • Manzil:

Navoiy Viloyati, Navoiy shahri

Xalqlar Do'stligi Shox Ko'chasi 96/11

  • Telefonlar:

+99879-223-2002

+99890-618-8444

  • Email:

info@impala.uz

Mo'ljal: "Sunday" savdo majmuasi, Navoiy Shahri, 7-Kichik daha, Gulbozor.