Ko’pchilik til o’rganuvchilar lug’at yodlash va ularni eslab qolish bo’yicha qiynalayotganlarini aytishadi. Haqiqatdan ham bu ish oson emas. Ayniqsa, biz doimiy qo’llaydigan an’anaviy 3 ustunli (ba’zan 2 ustunli) xorijiy so’z-transkriptsiya- tarjima usuli kutilganidek natija bermaydi.  Buning asosiy sababi inson miyasi identikal (bir xil turdagi) ma’lumotlarni eslab qolishga moslashmagan. Biz so’zlarni yodlayotganimizda an’anaviy usul bo’yicha bir yoki ikkita boshqalardan farqli xususiyati bor ( transkriptsiya va tarjima), ammo ular boshqa so’zlarniki singari bir xil sinfga kiradi.

Yangi taklif qilinayotgan usulda lug’at daftarini ijodkorona tutib, unda bir so’zning boshqalaridan farqli xusisiyatlarini ko’rsatish kerak.  Lug’at daftarida so’zlarni yozishda quyidagilardan foydalanish taklif etiladi:

  1. Rangli ruchkalardan foydalaning. So’zlar ajralib turishi uchun ularni yozishda rangli ruchkalardan foydalaning. Masalan, inglizcha so’zlarni qizil rangda, tarjimalarni ko’k rangda, gaplarni qora rangda v.k.z.

  2. Xilma-xil shriftlardan foydalaning. So’zlar ajralib turishi uchun ularni yozishda xilma-xil shriftlardan foydalaning. Inglizcha lu’gatni doim katta qalin (жирный) shriftda, tarjimasini esa kichik shriftda yozing. Chunki, lug’at daftariga qaraganimizda birinchi e’tibor inglizcha so’zga tushsa, miya uni eslashni boshlaydi.

  3. Rasmlardan foydalaning. Yozgan lug’atlaringizni imkon qadar rasmlar orqali tasvirlashga harakat qiling. Vizualizatsiya- so’zlarni eslab qolishning eng yaxshi usuli.
  4. Transkriptsiyadan foydalaning. Faqatgina talaffuz qilishga qiynalga so’zlarning transkiptsiyasini yozing. Barcha so’zlarni emas.  
  5. Tarjima qiling.
  6. Antonym-sinonimlarni yozing. Masalan: famous=popular=common, beautifulugly
  7. So’z iborasidan foydalaning. So’zlarni to’g’ri ishlatishga yordam beradi. Masalan: go home, boshqa hollarda faqat go to “joy nomi”.
  8. So’z formalarini yozing. Bir o’zakdan yasalgan boshqa so’zlarni ham birga yodlang. So’z turkumlarini ham qayd eting. Masalan: sure-ensure-assure; differ (v)- difference (n)- different (adj).
  9. So’z oilalaridan foydalaning. Ma’lum bir sohaga yoki mavzuga oid so’zlarni bir yerga yozing. Masalan: sinf xonasi: desk, blackboard, chair, chalk,…
  10. O’xshash so’zlardan foydalaning. Shakli yoki talaffuzi bir xil yoki o’xshash so’zlarni birga yodlang. Masalan: advice-advise, peace-piece, fire-fair-fare
  11. Namunaviy gaplar yozing. Har bir so’z ishtirokida bittadan gap yozing. Gaplar imkon qadar o’zingizning hayotingiz bilan aloqador bo’lsin.
  12. Parafrazalardan foydalaning. So’z boyligi mingdan oshgandan so’ng, yangi so’zlarni yodlangan so’zlar yordamida izohlang (parafreyz qiling). Bu sizga nutq jarayonida so’zlar yodingizdan chiqganda ularni boshqa so’zlar orqali ifodalashingizga yordam beradi. Masalan:  motivation- the need or reason for doing something

Yodingizda tuting! Yuqoridagi barcha tavsiyalarni har bir so’zga qo’llash natija bermaydi.