Barcha muhtojmand oila farzandlarini ramazon oyi davomida BEPUL INGLIZ TILI kurslariga taklif etamiz.

  • Ushbu aksiyada ishtirok etish uchun, murojaat qilganingizda ramazon tuhfasi bo’yicha kelganligingizni aytish kifoya. Muhtojmandligingizni isbotlash kerak emas.
  • Mashg’ulotlar paytida o’zingiz uchun zarur o’quv qurollari va kitoblar o’z hisobingizdan olasiz.
  • Mashg’ulotlar haftasiga 3 kun bo’ladi.
  • Mashg’ulot vaqtlari va joyi markazimiz imkoniyatidan kelib chiqqan holda jadval asosida belgilanadi.
  • Murojaatlar ko’p bo’lgan taqdirda yoki o’quvchilarning bilim va vaqtiga mos guruhlar tashkil qilolmagan holatda, markaz o’quvchilarni qabul qilishni kechiktirishi yoki inkor etishi mumkin.
  • Aksiyada hozirda markazimizda ta’lim olmaydigan asosan maktab o’quvchilari qatnashishlari mumkin.

ILTIMOSNOMA. Maqsadimiz xolis, oz bo’lsada imkoniyatimiz doirasida muhtojmandlarga yordam berish. Ma’lum sabablarga ko’ra sizning murojaatingiz ijobiy hal qilinmasa, buning uchun oldindan uzr so’raymiz va sizdan markazimiz nomiga yomon so’zlar aytishdan tiyilishingizni so’raymiz.

BARCHANGIZGA RAMAZON MUBORAK BO’LSIN!