Farzandingizning ingliz tilini o’rganishiga qanday yordam berishingiz mumkinligini haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Muvaffaqiyatga erishish uchun bizning o’nta maslahatimizga amal qiling!

1. Ishtiyoqmand bo'ling va ishtirok eting

Ingliz tiliga bo’lgan ishtiyoqingiz bilan farzandingizga namuna bo’ling. Farzandingiz sizning ingliz tilida o’qiyotganligingiz, film tomosha qilayotganligingiz va gaplasha olayotganligingizni ko’rsa, u bundan ilhom oladi. Siz farzandingizning til o’rganish jarayoniga o’zingizni jalb qiling. Farzandingizga ko’p maqtov, dalda va qo’llab-quvvatlash berish ularning o’zlariga ishonchini va g’ayratini oshiradi.

2. Ta’limni qiziqarli va yoqimli qiling

Tilni o’rganish zavqli va mukofotli kechinma bo’lishi kerak. O’yin elementlarini o’rganish jarayoniga qo’shib ko’ring. Tabiiyki, bolalar so’zlashuv, yangi so’zlarni  va grammatikani o’rganish jarayonida o’yinlar o’ynashni yaxshi ko’radilar. Memory  kabi kartali o’yinlar, Simon Says kabi harakatli  o’yinlar yoki Snakes and Ladders kabi  doskali o’yinlarini sinab ko’ring.

Farzandingizning raqobat tuyg’usini rag’batlantiruvchi vosita sifatida foydalaning. Masalan, o’yin davomida eng yaxshi natija ko’rsatgan bolaga, kichik rag’bat sifatida sovg’a bering yoki  keyingi o’yinni tanlashga ruxsat bering.

3. Farzandingizning shaxsiyati va qiziqishlarini e’tiborga oling

Farzandingizga ingliz tilini o’rganish usullarini taklif qilayotganingizda, uning shaxsiyati, qiziqishlari va o’zi yoqtirgan narsalari haqida o’ylab ko’ring. Juda faol bolalar harakatli o’yinlarni yoqtirishi mumkin, bosiqroq bolalar esa so’z  yoki karta o’yinlarini afzal ko’rishlari mumkin. Agar  farzandingiz sportga qiziqsa, sport haqidagi hikoyalar, so’z o’yinlari kabilardan u uchun zavqli bo’ladi.

4. Farzandingizga tanlash imkoniyatini bering

Tanlash inkoniyatining mavjudligi yaxshigina undovchi kuchdir. Bu, shuningdek, bolangizni o’zini ingliz tilida qulay his etadigan holat va mavzularni tanlashiga imkon  beradi. Misol uchun, siz farzadingiz bilan birga  mahalliy kutubxona, do’kon yoki internetdan inglizcha kitoblar tanlash orqali, uni ingliz tilida o’qishga undashingiz mumkin.

5. Farzandingizning kayfiyatini baholay oling

Farzandingizni ingliz tilini o’rganishga undash uchun to’g’ri vaqtni tanlay biling. O’rganish jarayonida ular charchagan  va horg’in bo’lgandan ko’ra tetik va dadil  bo’lganlari ma’qul. Farzandingizga ingliz tilini o’rgatishda bosim o’tkazish, uni stressga solishi mumkin. Agar biror faoliyatni boshlaganingizdan so’ng, sizning farzandingiz buni qabul qilmasligini bilsangiz, uni davom ettirishga majbur qilishdan ko’ra, keyinroq qayta urinib ko’ring.

6. Ma’noli vaziyatlar keltiring

Bolalar sahnaviy ko’rinishlarni va o’z tasavvurlarini ishlatishni yaxshi ko’radilar. Ularga tanlashlari uchun o’yinchoq do’konida, avtobusda, restoranda kabi  vaziyatlarni taklif qiling. Mijoz, xaridor kabi rollarni birgalikda o’ynang va  kerakli o’rinlarga ingliz tilida gaplashishiga yordam bering. Agar ular o’z tilda jumlalardan foydalansalar, siz ingliz tilida ularning aytganlarini takrorlang. Sekin-asta bolangizning gaplarida inglizcha nutq qismlari ko’paya boradi.

Vaziyatga ishonish farzandingizni ko’proq  ingliz tilidan foydalanishga undaydi  va uning motivatsiyasini oshiradi. Shuning uchun haqiqiy narsalardan foydalanib, vaziyatni yanada mazmunli qiling. Masalan, o’yinchoq do’koni uchun o’yinchoqlar, avtobus qilish uchun o’rindiqlar, restoran uchun stol tuzash, narx yorliqlari, menyular tashkillashtirish, bolaning o’yinga ishtiyoqini yanada oshiradi. Yodda tuting! Siz qanchalik ishtiyoq bilan o’z rolingizni o’ynasangiz, farzandingiz shunchalik bundan ilhomlanadi.

7. Farzandingizning maktab vazifalarini qilishda yordamlashing

Bolalar tez-tez uy vazifasini bajarish yoki maktab testlariga tayyorlanishni istamaydilar. Muntazam uy vazifalarini bajarish uchun vaqt belgilab bering, bunda, bolangizga qaysi vaqtda va qayerda o’qishni tanlash imkonini bering. Yordam va  dalda berishga harakat qiling. Bolangizni tanqid qilish yoki tahdid qilishdan ko’ra, qilgan har qanday harakatlari uchun maqtov ayting. Bu bolangizga o’ziga ishonch va ijobiy munosabatni rivojlantirishga yordam beradi. Ingliz tilidan rohatlangan bola, uni o’rganish, rivojlantirish va amaliyotga qo’llashga ko’proq moyil bo’ladi.

Bolangizning ustozi bilan gapirishdan tortinmang- ular sizga bolaning o’rganishiga yordam berishingiz bo’yicha maslahat berishdan doimo mamnun bo’ladi.

8. Ilova va onlayn materiallardan foydalaning

Hatto, eng ish yoqmas bolalar ham mobil ilovalar kabi yangi texnologiyalardan foydalanishni o’rganishga moyildirlar. LearnEnglish Kids veb-saytida bolangizning ingliz tilini o’rganishida yordam berish uchun ko’plab qo’shiqlar, hikoyalar, videolar, o’yinlar va tadbirlar mavjud. Misol uchun, agar bolangiz grammatikada ishlashni xohlamasa, bizning grammatika bo’limimizdan mashq qilish va yaxshilash uchun qiziqarli imkoniyatlardan foydalaning.

9. Tajribangizni o’rtoqlashing

O’rganish jarayonini oila va do’stlar bilan baham ko’rish bolangizning qiziqishini orttiradi. Katta yoshli bolalaringizni ukalariga ingliz tilini o’rganishlariga yordam berishga undang. Masuliyatni his qilish ham juda ruhlantiruvchidir.

Farzandingizga inglizcha film tanlab va uni tomosha qilish uchun ba’zi do’stlari yoki oila a’zolarini taklif qilishiga ruxsat bering. Yashash xonangizni kinoteatrga aylantirish uchun stullarni joylashtiring! Taklif qog’ozi va chiptalar qilish yozish ko’nikmalarini oshirish bilan birga ushbu  holatni qiziqarli qiladi.

Ko’plab bolalar ijro etishni yaxshi ko’rishadi. Farzandingizdan biror o’yin yoki qo’g’irchoq spektakili ko’rsatishini yoki inglizcha qo’shiqni kuylashni so’rang

10. Bolangizning ingliz tilida boshqalar bilan muloqot qilish yo’llarini toping

Ingliz tilida muloqot qilishning asl sababi yuqori motivatsiyani ta’minlaydi. Agar iloji bo’lsa, bolangiz uchun hududingizda ingliz tilida gaplashadigan guruh yoki inglizcha mashg’ulot toping. Bolangizni ingliz tilida gaplashadigan do’stlari va yaqinlariga email yoki xat yozishiga undang.